Jahon | 11:22 / 15.08.2017
6446
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy tarmoqli marketing savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarni taftish etishni boshladi

Xitoy hukumati tomonidan piramida ko‘rinishda savdo aylanmasini yo‘lga qo‘ygan hamda xodimlarni ishga yollaydigan kompaniyalarga nisbatan bosim ortgani e'lon qilinganidan so‘ng, AQShning Herbalife, Skin Enterprises va USANA sog‘lomlashtirish instituti kabi ko‘p darajali marketing ishlab chiqarish kompaniyalari katta zarar ko‘rishi ma'lum qilinmoqda.

Xitoy Savdo va sanoat bosh boshqarmasi e'lon qilgan «uch oy davomida piramida shaklida xodimlarni yollash va savdo ishlarini yo‘lga qo‘ygan kompaniyalar» faoliyatini taftish etish to‘g‘risidagi qarorda yuqorida nomlari qayd etilgan kompaniyalar sanab o‘tilmagan edi. Shunga qaramay, kompaniya aksiyalari o‘rtacha 7 foizga arzonlagani kuzatilmoqda.

Xitoy tomonidan bunday qarorning qabul qilinishiga xitoylik universitet magistrantining piramida savdosiga asoslangan kompaniya e'lon qilgan bo‘sh ish o‘rniga joylashmoqchi bo‘lgani, psixologik bosim ostida o‘z joniga qasd qilgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. O‘tkazilgan xususiy ijtimoiy so‘rovnomalar natijasi shuni ko‘rsatadiki, tarmoqli marketing savdosi ortidan minglab xitoyliklar iqtisodiy zarar ko‘rgan.

Taftish ishlarini uyushtirishda Xitoy Xalq ta'limi vazirligi ham ishtirok etadi. Gap shundaki, bunday kompaniyalar yollayotgan ishchilar orasida o‘quvchi va talabalar ko‘pchilikni tashkil etadi hamda ularning haq-huquqlari qonun bilan himoya qilinmagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid