Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi uy tomidan noma'lum erkak o‘q uzmoqda
Qurollangan kishi Istanbul shahridagi turar-joy binosining tomidan turib, atrofga o‘q uzmoqda. Bu haqida IHA agentligi xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Esenyurt tumanidagi turar-joy tomiga chiqib olgan erkak atrofdagi hududga qarata o‘q uzmoqda. Agentlik chop etgan suratda o‘rta yoshlardagi soqolli erkak yelkasiga miltiq osgancha uyning tomida turibdi.
Manbaga ko‘ra, o‘qlar hozircha bir necha avtomobilga ziyon yetkazgan, lekin odamlar jarohat olmagan.
Erkakni tomdan tushish va o‘q uzishni bas qilishga ko‘ndirishga urinishmoqda, deyiladi agentlik xabarida.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026