Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev: Agar odamni eng katta qadriyat qilib yuqoriga qo‘ymasak, biz xato qilaveramiz
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni joylarda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar borishi bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq shahriga borgani xabar qilingan edi.
Davlat rahbari shahar faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘zga chiqib, qator masalalar bo‘yicha gapirdi. Uning chiqishi “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida namoyish etildi.
“Sizlar bilan ko‘p-ko‘p uchrashganimizdan keyin mana kecha aytdik, 450 ta qaror chiqqani, qonunlar o‘zgargani va hokazo. Ko‘p narsaga o‘zgartirish kiritganmiz va bu jarayon davom etayapti. Har kuni 3-4 ta qaror, qonun, o‘zgartirish qilayapmiz. Tagida bitta narsa, hozirgi zamonga mos bo‘lib, odamlar bilan biz mana ko‘p joylarda eng katta maqsad muddao – xato kam qilishga harakat qilayapmiz. Xatosiz o‘zi bo‘lmaydi, mumkin emas. Bu jarayon shunday. Bexato parvardigorning o‘zi. Lekin biz hammamiz ming harakat qilsangiz ham baribir birovga quloq solamiz.
Xato bo‘ladi. Qachon xato kamroq bo‘ladi? Shu jarayonda xalqning o‘zi bevosita salgina bo‘lsa ham munosabatini bildirsa, takliflarini bersa xato kamroq bo‘ladi. Shunga biz harakat qilmoqdamiz. Mana qabulxonalar, virtual qabulxona, Xalq qabulxonalari, hamma qilgan maqsadlarimiz, nima uchun men buni qattiq ushlayapman? Odamlarni gapirtirishga o‘rgatishimiz kerak, odamlarni sal erkin yashashga o‘rgatishimiz kerak, odamlar bilan hisoblashishga majbur qilishimiz kerak. Agar odamni eng katta qadriyat qilib yuqoriga qo‘ymasak, biz xato qilaveramiz”, - degan davlat rahbari.
Mavzuga oid
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
09:04 / 23.03.2026
Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi
14:34 / 16.03.2026