Prezident: Ancha kechikkanmiz, odamlar bizdan norozi

Foto: President.uz
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni joylarda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar borishi bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq shahriga borgani xabar qilingan edi.
Davlat rahbari shahar faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘zga chiqib, qator masalalar bo‘yicha gapirdi. Uning chiqishi “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida namoyish etildi.
“Tumanning to‘rt rahbari xuddi tumanning hokimiga o‘xshab javob beradi. O‘sha to‘rt rahbar hamma narsani yozib berdi, xarita qilib berdik. Olmaliq shahrining prokurori ham, hokimi ham, Toshkent viloyatining hokimi ham – hech qaysisi o‘zining idorasida yashamaydi, ishlamaydi. Men qaror qabul qildim: majlisbozlikni yo‘q qildik.
Mana, misol uchun sizlarning shaharlaringiz misolida tushuntirsam: tumanda hokim, prokuror, ichki ishlar, soliq bor. To‘rt rahbar bo‘linadi. Olmaliq 120 ming aholi bo‘lsa, bo‘lib-bo‘lib oladi, mahalla, ko‘chabay. O‘shaning o‘rtasiga borib, davlat uy, kvartira beradi, o‘sha yerda bo‘ladi, o‘sha yerda nafas oladi. Chiroq bo‘lsa chiroq bilan yashaydi, chiroq bo‘lmasa chiroqsiz yashaydi, yo‘l bo‘lmasa yo‘lsiz, suv bo‘lmasa suvsiz yashaydi. Nonining qimmatligini, bozori qimmatligini, go‘shtdagi noinsoflikni sezib, o‘sha hid bilan yashasa men uni jamoamga qabul qilaman, bo‘lmasa qabul qilmayman.
Bu kimgadir yoqadi yoki yoqmaydi. Lekin shunday tizim qildim, boshqa ilojim yo‘q. Biz ancha kechikkanmiz, odamlar bizdan norozi. Men ma'ruzamda aytgandim: biz xalqning chidaganiga sajda qilib, ta'zim qilib, kechirim so‘rashimiz kerak. Bu yuragimdagi gaplar, uni birov yozib bera olmaydi menga. Kechirim so‘rashimiz kerak, hali bizning noinsoflarga chidaganiga”, - degan davlat rahbari.

Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Yuksalish» harakati ko‘p qavatli uylarni boshqarishda ko‘plab kamchiliklarni aniqladi
O‘zbekiston | 11:11
-
Shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablari ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 11:10
-
Mers va Tramp Ukraina bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
Jahon | 10:52
-
O‘zbekistonda blogerlar majburiyatlari yengillashtiriladi
O‘zbekiston | 10:43
Mavzuga oid

20:25 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini G‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

16:33 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi «Millat fidoyilari» xiyobonida bo‘ldi

15:13 / 08.05.2025