Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni va Iroq 27 yil o‘tib chegarani ochishga qaror qildi
Saudiya Arabistoni va Iroq 1990 yildan beri ilk bora ikki davlat o‘rtasidagi Arar o‘tkazish punktini ochishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Saudiyaning Makkah gazetasi.
Chegaralar Iroq sobiq prezidenti Saddam Husayn Kuvaytga hujum qilganidan so‘ng yopilgandi.
Ta'kidlanishicha, so‘nggi 27 yil davomida nazorat-o‘tkazish punkti yiliga faqat bir marotaba, Haj ziyorati vaqtida ishlagan.
Chegara hududiga saudiyalik va iroqlik amaldorlar borgan, shuningdek, ular Iroqdan bo‘lgan ziyoratchilar bilan ham suhbatlashishgan.
Iroqning Anbar viloyati rahbari Sohib al-Roviyning ma'lum qilishicha, bu yerga harbiylar yo‘l olgan, ular Ararga yo‘lni himoya qilishlari lozim. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatni yaxshilash uchun «juda katta qadamdir».
Chegaralarning ochilishi doirasida Bag‘dod va Ar-Riyod o‘rtasidagi savdo munosabatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Reuters’ning xabar berishicha, Saudiya Arabistoni va BAAning Iroqqa bo‘lgan bunday munosabati mintaqadagi bosh dushmanlari – Eronga ta'sirni oshirish bo‘yicha sa'y-harakatlaridir.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
09:38 / 07.04.2026
BAA, Kuvayt va Saudiya Arabistoni yana Eron hujumlariga duch keldi
18:07 / 05.04.2026
Umraga borgan 170 nafardan ortiq ziyoratchi O‘zbekistonga qaytolmayapti
11:08 / 02.04.2026