11:17 / 15.08.2017
4988

Tramp bugun infratuzilmani yaxshilashga doir yangi loyihani imzolaydi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp bugun, 15 avgust kuni mamlakat infratuzilma loyihalariga ruxsat berish hamda atrof-muhit sharoitiga ta'sir o‘tkazuvchi sub'yektlarning hisobdorligini oshirish bo‘yicha yangi buyruqqa imzo chekadi.

Prezident loyiha muhokamasi o‘tkazilishi belgilangan Nyu-York shahridagi Trump Towe​r​ binosiga tashrif buyurib, shu yerda nutq so‘zlashi kutilmoqda. Ko‘chmas mulk savdosi va tarmoqlari ortidan millionlab pul topgan Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi paytidayoq ichki infratuzilmani yaxshilash uning bosh maqsadi ekanini ta'kidlagan edi.

Endilikda mamlakat rahbari shaharlardagi havo sharoitini yaxshilash ishlab chiqilgan, umumiy qiymati 1 trillion AQSh dollariga teng loyihaning 1/5 qismini davlat hissadorligi hisobiga amalga oshirmoqchi. Iyun oyida nutq so‘zlagan Tramp shunday degan edi: "Shahar sharoitida yashash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solib, infratuzilmani yaxshilamoqchi bo‘lsak ham, bino qurilishi, qayta ta'mirlash va ruxsatnomalar olish uchun ko‘p vaqt talab etiladi".

Mavzuga oid
Top