Jahon | 16:00 / 16.08.2017
11879
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh kongressining sobiq a'zosi: KXDR Guamga zarba beradigan bo‘lsa, butunlay yo‘q bo‘lib ketadi

Foto: Global Look Press

AQSh vakillar palatasining Respublikachilar partiyasidan sobiq a'zosi Devid Jolli Qo‘shma Shtatlar hamda KXDR o‘rtasida keskinlik ortib borayotgani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Shimoliy Koreya bilan munosabatlaridagi shunday keskinlikka Amerikaning bironta ham prezidenti duch kelmagan.

«Shimoliy Koreyada bunga qadar Qo‘shma Shtatlar hududiga yetishi mumkin bo‘lgan yadro quroli yo‘q edi, hozir esa Donald Tramp aynan shunday vaziyatga to‘qnash keldi. Agarda holat kuch ishlatishga qadar yetib boradigan bo‘lsa, bunda yagona variant – Iroqdagi kabi «Shok va qaltirash» doktrinasiga amal qilish bo‘ladi», - degan Jolli RT America’ning Politicking dasturi efirida.

Bundan tashqari, uning fikricha, KXDR yetakchisi Kim Chen In Guamga zarba beradigan bo‘lsa, Shimoliy Koreya yo‘q bo‘lib ketadi.

«Bunda Shimoliy Koreya bir oy davomida yo‘q bo‘lib ketadi. Harbiy mojaro holatida bu yagona yo‘l. Bu vaziyatda bitta aniq zarba – bu variant emas: tentak Kim Chen In jahonga o‘zida bor bo‘lgan barcha narsani uchirib yuborishiga oid katta xatar bor. O‘shanda Yaponiya, Janubiy Koreya va ehtimol, AQSh hududi ham hujumga uchraydi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Jolli.

Avvalroq Xitoy TIV KXDR bilan bog‘liq masalada “avgust inqirozi” hali ham davom etayotganini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid