Eron va Xitoy AQShning jahondagi din erkinligi haqidagi hisobotini tanqid qildi

Eron hukumati AQSh davlat departamentining 2016 yilgi jahondagi din erkinligi haqidagi har yillik an'anaviy hisobotida qilingan xulosalarga qarshi, deb ma'lum qildi Eron tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Bahrom Qosimiy.
“Eron bunga muayyan siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan holda tuzilgan haqiqatga mos bo‘lmagan, asossiz va noxolis hisobot sifatida qaraydi”, deb aytdi Qosimiy.
Uning aytishicha, Vashington undan ko‘ra AQShda diniy erkinlikni, ayniqsa musulmonlarga nisbatan, ta'minlash haqida qayg‘urishi zarur.
“Shu ayon bo‘lmoqdaki, diniy va irqiy tahqirlash, islomofobiya va ksenofobiya amerikalik siyosatchilar o‘rtasida keng tarqalgan va tez-tez uchraydigan holat hisoblanadi”, deb qo‘shimcha qilgan Qosimiy.
O‘z navbatida, Xitoy tashqi ishlar vazirligi ushbu hisobotni noobektiv deb atagan va Xitoyda barcha din erkinligiga bir xilda rioya qilinishini ta'kidlab o‘tgan.
“Turli elat va dinlarga tegishli bo‘lgan barcha xitoyliklar din erkinligida tengdirlar. AQSh davlat departamentining bu hisoboti ushbu faktlarni inkor etmoqda”, deb aytgan matbuot anjumanda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin.
AQShning 2016 yil uchun tuzilgan bu hisobotida Eron hukumati “baxaizmga ergashuvchilar, nasroniylar va sunniylar hamda boshqa diniy ozchilik vakillarini taqib qilish, so‘roq qilish va hibsga olishni davom ettirmoqda”, deb aytilgan.
Bundan tashqari, Vashingtonda Xitoyda turli diniy oqimlar vakillariga nisbatan jismoniy kuch va qiynoqlar qo‘llangan deb hisoblanmoqda.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun maksimal tarif ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 04:32
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid

11:00 / 16.03.2025
Trampning ehtiyotsizligi AQSh fond bozorini qulatdi - AQShda krizis xavfi bormi?

08:37 / 16.03.2025
AQShga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor

07:48 / 16.03.2025
AQSh Tramp buyrug‘idan keyin Yamandagi husiychilarga aviazarbalar bermoqda

22:27 / 15.03.2025