Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkada Ka'ba yoping‘ichi – Kisvaning ko‘rgazmasi ochildi
Makka shahrida Muqaddas Ka'baning yopinchig‘i – Kisvaning ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasining Xalqaro aloqalar bo‘limi xabar bermoqda. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar Ka'ba yopinchig‘i uzoq asrlar davomida qanday bo‘lgani va hozirgi kunga kelib qay holatdaligini ko‘rishlari mumkin. Shuningdek, ko‘rgazmada Kisvani tayyorlashda ishlatiladigan uskunalar, mato va ipak mahsulotlari ham namoyish etilmoqda.
Kisvani tayyorlash xiyla mashaqqatli ish bo‘lib, bunday sharafli ish ustida 240 nafar hunarmand va texnik mutaxassis uch oy mehnat qiladi. Kisvaga hajga aloqador oyatlar yoziladi. Ka'ba yopinchig‘ini tayyorlash uchun Saudiya Arabistoni hukumati 1927 yilda alohida ustaxona tashkil qilgan va hozirgi kunga kelib kisva tayyorlashga 17 million saudiya riyali (4,5 million dollar) sarflanadi.
Kisvaning oltin iplar bilan naqshlar solib tikiladigan matosining o‘ziga 450 kg ipak sarflanadi. Har yili ikkita kisva tayyorlanadi. Biri Ka'baning ustiga yopilsa, ikkinchisi, har ehtimolga qarshi saqlab qo‘yiladi.
Ka'baga yangi yopinchiq yopish paytida hojilar Arafot tog‘ida haj amallarini bajarayotgan bo‘lishadi. Bu ishni bir qancha mahalliy xodimlar maxsus ko‘tarma uskunalar yordamida amalga oshirishadi.
Mavzuga oid
18:39 / 19.02.2025
Saudiya Arabistoni vaziri Shavkat Mirziyoyevga muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini topshirdi
14:35 / 13.02.2025
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?
13:50 / 17.08.2022
Muhammad ibn Salmon Ka’baning ichini yuvib chiqdi
12:27 / 21.08.2018