Saudiya Arabistonining Makka şahrida yomğir bilan birga kuzatilgan kuçli şamol yakşanba kuni Ka'ba ustidan yopinğiç — kisvani yulib ketdi, deb xabar beradi Dailysabah.
Şu vaqt Al-Harom masjidida bölib turib, Ka'bani tavof etayotgan ziyoratçilar bu hodisani suratga olişga ulgurişdi.
Kadrlarda körinişiça, kuçli şamol tilla iplar bilan Qur'on oyatlari tuşirilgan va qora ipakdan töqilgan kisvani uçirayotganini köriş mumkin.
Mutaxassislarning xabar berişlariça, qum böroni havo haroratining nihoyatda yuqori ekanligi va yuqori namlik tufayli kelib çiqqan.
Noqulay ob-havo tufayli Arofat toği etagidagi ziyoratçilarning çodirlariga ham ziyon yetgan.
Yakşanba kuni tongdan Makka şahrida musulmonlarning har yillik muqaddas joylarga ziyorati — haj boşlandi. Bu yili haj marosimlarida butun jahondan kelgan ikki milliondan ortiq hojilar iştirok etişmoqda.
Kisva — tilla iplar bilan naqşlar tuşirilgan va qor ipakdan töqilgan, Ka'ba devorlarini yopib turuvçi an'anaviy yopinğiçdir. Uzunligi 41 metrga teng bölgan yopinğiç har yili Qurbon hayiti arafasida almaştiriladi.











