Şavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Özbekistonda taşrif bilan bölib turgan Saudiya Arabistoni podşohligi haj va umra işlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Saudiya Arabistoni podşohi Salmon Ol Saud va Valiahd, mamlakat boş vaziri Muhammad Ol Saudning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. Vazir, şuningdek, podşohning köp millatli Özbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Ka’ba yopinçiği kisvaning bir parçasini topşirdi.

Özbekiston yetakçisi öz navbatida Saudiya Arabistoni rahbariyatiga bebaho tuhfa hamda ziyoratçilarning musulmon dunyosi markazlari — Makka va Madinada bölişi uçun yaratilgan imkoniyatlar va qulay şaroitlar uçun çuqur minnatdorlik bildirdi. Qayd etilişiça, birgina ötgan yilning özida 800 mingdan ziyod Özbekiston fuqarosi Umra ziyoratini, 15 ming nafari Haj ibodatini ado etgan.

Suhbat çoğida özbekistonlik ziyoratçilarga şart-şaroitlar va körsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxşilaş, ularning Saudiya Arabistoniga taşrifi xavfsiz va qulay bölişini ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.








