13:14 / 16.08.2017
7594

Tojikiston Xitoy bilan savdoni qisqartirib, Qozog‘istonga ko‘proq e'tibor qaratmoqda

Tojikiston tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmi joriy yilning yetti oyi davomida 2 milliard dollardan biroz ko‘proqni tashkil etdi. Bu 2016 yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 9,2 foizga kamroq, deb xabar berdi «AP» Tojikiston prezidenti huzuridagi statistika bo‘yicha agentlikka asosan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida tovarlar eksporti 527 mln dollarni tashkil qildi, bu o‘tgan yilning shu davridagi raqamdan 3,9 foizga (20 mln dollarga) ko‘p.

Mahsulotlar importi summasi esa 1,5 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Bu 2016 yilning yanvar-iyul oylaridagi hajmdan 13,1 foiz (224 mln dollar)ga kam. Xususan, mashinalar va uskunalar, qimmatbaho bo‘lmagan metallar, kimyo sanoati mahsulotlarining olib kirilishi ancha kamaygan.

Tojikiston tashqi savdo aylanmasi hajmi importning qisqarishi hisobidan uchinchi yildan beri kamaymoqda. O‘tgan yili Tojikiston bir oyda o‘rtacha 250 mln dollarlik mahsulotlarni import qilgan. Joriy yilning yetti oyi davomida bu ko‘rsatkich 38 mln dollarga qisqardi – 212 mln dollar.

Tojikistonning asosiy savdo sheriklari joriy yilning boshidan Rossiya va Qozog‘iston bo‘lgan. Tojikiston-Rossiya tovar aylanmasi ko‘rsatilgan davrda 508 mln dollardan ortiq tashkil etgan bo‘lsa, Qozog‘iston bilan o‘zaro mahsulot aylanmasi 460 mln dollarga teng bo‘ldi. 

Shu bilan birga, Tojikiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 43 foizga tushib ketib, joriy yilning yetti oyi yakunlari bo‘yicha 314 mln dollarni tashkil qildi.

Top