Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanukovichga davlat tomonidan taqdim etilgan advokat uni himoya qilishdan bosh tortdi
Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichga davlat tomonidan taqdim etilgan himoyachi Vitaliy Meshechek sud yig‘ilishi davomida uni himoya qilishdan bosh tortishi haqida ma'lum qildi. Bu “ishning juda murakkabligi tufayli” yuz bergan, deb xabar qilmoqda “112 Ukraina” telekanali.
Uning ta'kidlashicha, xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanadi, hech bir advokatlik birlashmasiga kirmaydi hamda yordamchilarga ega emas.
“Jinoiy ish juda murakkab ekanini hisobga olib, Yanukovichning himoyasi sifatli va yaxshi darajada bo‘lishi uchun men ishni bundan so‘ng ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaslikka qaror qildim. Mening Yanukovichni himoya qilishdan bosh tortganimni qabul qilishlarini so‘rayman”, - degan u.
Avvalroq Ukraina bosh prokuraturasi Yanukovich ishi bo‘yicha AQSh bilan hamkorlik qilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
11:30 / 04.07.2026