Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemalada jinoyatchilarning shifoxonaga hujum qilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi
Gvatemala poytaxti Gvatemaladagi “Ruzvelt” shifoxonasiga hujum qilinishi oqibatida 7 kishi, jumladan 3 qo‘riqchi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi. Ular orasida bir bola ham bor.
Avtomatlar bilan qurollangan jinoyatchilar guruhi shifoxonada bo‘lgan o‘z sherigini qaytarib olishga uringan va buning uddasidan chiqqan. Natijada “Mara Salvatrucha” jinoiy to‘dasining o‘ta xavfli a'zosi Anderson Daniel Kabrera yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.

Politsiyachilar 5 bosqinchini ushlashgan. Mamlakat prezidenti Jimmi Morales qolgan jinoyatchilar qidirilishi davom etishini aytgan.
"Mara Salvatrucha" jinoiy to‘dasi Markaziy va Shimoliy Amerikadagi eng shafqatsiz va eng yirik ko‘cha to‘dalaridan biri hisoblanadi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘daning a'zolari soni 70 ming kishini tashkil qiladi.

Mavzuga oid
09:02 / 05.06.2026
Maktab va shifoxonalarda energiya tejamkor loyihalar amalga oshiriladi
10:54 / 18.05.2026
Yaponlarning AQSh harbiy bazasiga hujumi. U qanday sodir bo‘lgandi?
12:01 / 26.03.2026
1 apreldan shifoxonalar 5 kunlik ish tartibiga o‘tkaziladi
12:00 / 23.03.2026