Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik qaytarilgan uzuk uchun minnatdorlik sifatida 5 ming kishini lag‘mon bilan mehmon qildi
Xitoylik tadbirkor unga ko‘cha kafesida unutib qoldirgan olmos ko‘zli uzukni qaytib berishgandan keyin minnatdorlik sifatida Chuntsin shahri aholisini 5 ming porsiya lag‘mon bilan mehmon qildi. U bu uzuk yordamida shu shaharda yashovchi yoriga turmushga chiqish taklifini bildirmoqchi bo‘lgan.
Guanchjou shahrida yashovchi Van ismli bu tadbirkor 13 avgustda Chuntsin shahriga o‘z yorining qo‘lini so‘ragani kelgandi, deb xabar bermoqda South China Morning Post. U mahalliy kafelardan biriga tushlik qilgani kirib, u yerda ichida 3 qirotlik olmosi bo‘lgan, narxi 300 ming yuan (45 ming dollar) turadigan uzuk bo‘lgan sumkasini unutib qoldirgan.
Shaharliklardan biri sumkani aniqlab, uni kafe boshqaruvchisiga topshirgan. U esa o‘z navbatida sumkani birozdan keyin kafega uni qidirib kelgan Vanga bergan. Vanning suyukli yori esa uning taklifini qabul qilgan.
Van xursandchilikda Chuntsin aholisiga tashakkurchilik bildirish maqsadida uzugini unutib qoldirgan kafeda pishiriladigan 5 mingta o‘tkir ta'mli lag‘monning pulini to‘lab, u bilan shaharliklarni mehmon qilgan.
Mavzuga oid
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026