Jahon | 22:35 / 18.08.2017
4363
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Janubiy Koreya avgust oxirida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Foto: CC BY 2.0 / La Citta Vita / Pentagon

AQSh va Janubiy Koreya avgustda kompyuter modeli qo‘llagan holda mudofaa xarakterdagi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Pentagonga iqtibos keltirgan holda “Reyter” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Ma'lum qilinishicha, mashg‘ulotlar 21-31 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Ularda 17,5 ming nafar amerikalik harbiy ishtirok etadi. Mashg‘ulotlar Koreya yarimorolida barqarorlikni ta'minlashga va tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan bo‘ladi.

Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlarda shuningdek Avstraliya, Kanada, Kolumbiya, Daniya, Yangi  Zelandiya, Niderlandiya va Buyuk Britaniya ishtirok etadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid