Sport | 22:59 / 18.08.2017
10270
3 daqiqa o‘qiladi

Konte «Chelsi»ga nima yetishmayotgani haqida gapirdi

«Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte APLning ikkinchi turida «Tottenhem»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumaniga qatnashdi.

20 avgust kuni «shporlar» «Chelsi»ni qabul qiladi, bu jamoalar o‘rtasidagi London derbisi Toshkent vaqti bilan soat 20.00da boshlanadi.

«Biz o‘yinga jiddiy yondashishimiz zarur. G‘alaba uchun bor imkonni ishga solamiz, keyin o‘zimizni oqlashga majbur bo‘lmasligimiz kerak», degan «Chelsi» murabbiyi.

1-turda amaldagi chempion bo‘lmish «Chelsi» «Byornli»ga yutqazgandi (2:3), o‘yin bosh hakami londonliklar klubining ikki futbolchisiga – Fabregas va Gari Keyxillga qizil kartochka ko‘rsatgandi. Endi bu futbolchilar derbida jamoaga yordam bera olmaydi.

«Chelsi»dek katta klub voqealarning har qanday rivojiga tayyor bo‘lishi kerak. Albatta bu oson emas, ammo kuchli bo‘lib qolishimiz, vaziyatni izga solishimiz kerak. Mashg‘ulotlarda 150 foizlik kuch bilan ishlaymiz.

Fanatlarimizga aytadigan gapim – biz muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazishni istaymiz va buning uchun barchasini qilamiz», – degan Antonio Konte.

Bu yozda jamoaga fransiyalik Temue Bakayoko kelib qo‘shildi. Uning transferi uchun «ko‘klar» jamoasi «Monako»ga 40 mln yevro to‘ladi. U «Tottenhem»ga qarshi o‘ynashi imkoniyatlari bo‘yicha savolga murabbiy shunday javob qaytargan:

«U formasini tiklashda davom etmoqda. Men buni hisobga olganman. Bakayoko o‘ynashi ham mumkin. Menda tanlov ko‘p emas. Jamoaga futbolchilar yetishmayapti. Shu tufayli qo‘l ostimdagi tarkibdan kelib chiqib, o‘yinga tayyorlanaman.

Men raqibni yengishim kerak. Bakayokoga zarurat bo‘lsa, albatta u maydonga tushadi», – deya italiyalik murabbiy so‘zlarini keltirgan klub rasmiy sayti.

Mavzuga oid