Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Bekoboddagi bog‘chalardan biriga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi davomida shahardagi «Shudring» nomli 5-sonli maktabgacha ta'lim muassasasiga ham tashrif buyurdi va bu yerdagi loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Prezidentning Facebook’dagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent viloyatida 406ta maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyat olib boradi.
Davlat rahbariga maktabgacha ta'limda bola shaxsini rivojlantirishga qo‘yiladigan davlat talablarining asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berilgan. Shavkat Mirziyoyev ayni yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib, sohani yanada rivojlantirishga faqatgina davlat muassasalari emas, balki, nodavlat tashkilotlarini ham keng jalb etish lozimligini qayd etdi.
«Shundagina 2018 yilga borib, maktabgacha ta'lim muassasalari barcha bolajonlarni to‘liq qamrab oladi», degan prezident.
Bu yerda Prezident shuningdek, 120 o‘ringa mo‘ljallangan namunali maktabgacha ta'lim muassasasi loyihasi bilan ham tanishgan.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026