O‘zbekiston | 21:08 / 18.08.2017
6446
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tomoni turizm sohasida aloqalarni chuqurlashtirishga kelishib olishdi

2017 yilning 16 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining hukumat delegatsiyasi tarkibida Bishkekka tashrif buyurgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hozigi holati va istiqbollari, 2016 yil dekabr oyida Samarqand shahrida va 2017 yil iyun oyida Ostona shahrida oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Bosh vaziri Sooronbay Jyeenbekov raisligida Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha va Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyalari majlislarining samarali yakunlari vazirlar tomonidan yuqori baholandi.

Hukumat rahbarlari uchrashuvlarda yangicha dinamika kasb etgan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni faol rivojlantirish hamda transport, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, madaniyat, sog‘liqni saqlash, ta'lim, ilm-fan, turizm sohalarida aloqalarni chuqurlashtirishga kelishib oldilar.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari oliy darajada bo‘lib o‘tadigan tashrifning sanasi va kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.

Abdulaziz Kamilov Erlan Abdildayevni joriy yilning noyabr oyida Samarqand shahrida BMT shafiqligida O‘zbekiston tomonidan o‘tkaziladigan Markaziy Osiyoda havfsizlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash bo‘yicha xalqaro konferensiya ishida ishtirok etishga rasman taklif etdi.

Mavzuga oid