Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela aholisi yeyish maqsadida hayvonot bog‘idan jonzotlarni o‘g‘irlagani taxmin qilinmoqda
Venesuela hukumati mahalliy hayvonot bog‘larining biridan jonzotlarning yo‘qolishi ishini tergov qilmoqda. Taxmin qilinishicha, bu jonzotlar tanovul qilish maqsadida aholi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.
Mahalliy politsiya vakili Luis Moralesning aytishicha, o‘tgan dam olish kunlari Venesuela shimolidagi Marakaybo shahri hayvonot bog‘idan ikkita pekari (to‘ng‘izga o‘xshagan jonzot) o‘g‘irlab ketilgan.
“Bizning taxminimizcha, ular yeyish uchun o‘g‘irlangan”, deb aytdi politsiyachi.
Shu bilan birga hayvonot bog‘i boshqaruvchisi Leonardo Nunesning aytishicha, oxirgi haftalarda hayvonot bog‘idan 10 ta jonzot, jumladan buyvolning o‘g‘irlanishini mahalliy giyohvandfurushlar guruhi ularni sotish maqsadida tashkillashtirgan.
“Ular hamma narsani o‘g‘irlashadi. Hayvonlar yeyish uchun o‘g‘irlanmagan”, deb aytgan Leonardo.
Mahalliy OAVning ta'kidlashicha, Venesuelada bir necha oydan beri davom etayotgan iqtisodiy inqiroz oziq-ovqat yetishmasligiga olib keldi, odamlarning och qolishlariga va barcha yerdan yegulik qidirishlariga sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026
Venesueladagi zilzila: vayronalar ostidagilarni qutqarishga juda kam vaqt qolmoqda
00:11 / 28.06.2026