09:40 / 19.08.2017
40042

S'yomka vaqtida hayot bilan vidolashishiga sal qolgan 6 aktyor

Filmlarda suratga tushish quvnoq va ko‘ngilochar, boz ustiga, millionlab dollar pul to‘lanadigan ish, deb o‘ylaysizmi? Haqsiz, lekin qisman. Zamonaviy filmlar aktyorlarni xatarli ishlarga boshlamaydi, chunki rejissyorlar borgan sari maxsus effektlarga ko‘proq murojaat qilishmoqda. Lekin har doim ham bunday bo‘lgan emas. Ayni paytdda Hollivudning yorqin yulduzlariga aylangan aksariyat aktyorlar murakkab, hattoki xavfli tryuklarni bajarib, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yishgan.

Silvestr Stallone

«Rokki»ning barcha qismlari Stallone uchun eng sevimli rollar bo‘lgan. Aktyor rollarni sidqidildan o‘ynashga kirishib ketib, filmning to‘rtinchi qismida shunchalik o‘ynab yuboradiki, chinakam nokaut nimaligini o‘z tanasida his qilib ko‘radi. Qulatuvchi zarbani berish Stallonega nisbatan yaxshiroq tayyorlangan va jismonan baquvvatroq Dolf Lundgrenning chekiga tushadi. S'yomka davomida u Silvestrni shunaqangi tushiradiki, oqibatda «Rokki» qahramoni bir hafta intensiv terapiya palatasida davolanishga majbur bo‘ladi.

Keyt Uinslet

«Titanik» s'yomkalarida Keytning chindan ham cho‘kib ketishiga bir baxya qolgan. O‘zi suv ostidagi s'yomkalar kino olishda eng qiyin ish hisoblanadi va shunday holatda aktrisaning kiyimi interer detallaridan biriga ilinib qoladi. Kaskadyorlar nima bo‘layotganini anglab yetgunlariga qadar Uinslet suv ostida ikki daqiqa qolib ketadi.

Jyeyson Stethem

Stethem o‘z filmlari qahramoni singari juda jur'atli, jasur va qo‘rqmas inson hisoblanadi. Masalan, «Ushlab bo‘lmaslar»ning uchinchi qismida Jyeyson yuk mashinasi boshqaruvini eplay olmasdan, u bilan birgalikda estakadadan suvga qulaydi. Oniy soniyalar ichida Jyeyson vaziyatni to‘g‘ri baholab, yuk mashinasidan sakraydi, sakraganda ham suv girdobi uniyam qo‘shib tortib ketmasligi uchun uzoqroqqa sakrashni eplaydi.

Tom Kruz

Hayron bo‘lmang, ko‘rinishidan yoqimtoy bu yigit ham jangari filmlarning har qanday qahramoniga saboq bera oladi. Tom Kruz ko‘pincha xatarli tryuklarni o‘zi bajaradi, garchi karerasi avvalida uning bu odati unga qimmatga tushishi mumkin bo‘lgan esa-da. «Top Gan» filmi s'yomkalarida Kruz ho‘l parashyutga o‘ralib, cho‘kib ketishiga sal qolgan.

Holli Berri

Noziknihol xonimchalar ham ba'zan o‘zini xatarga qo‘yishni sevisharkan-yey. Holli Berri «Tashvishli chaqiruv» filmida o‘ta murakkab tryukni o‘zim bajaraman, deb turib olgan. Betonli polga qo‘nish shunchali qattiq bo‘lganki, aktrisa s'yomka maydonidan to‘g‘ri kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga olib ketilgan.

Jyeki Chan

Qariya Jyeki yuzlab marta o‘limga chap bergan chiqar. Kinodagi karerasining avvalida aktyor tryuklarni o‘zi bajargan — avvaliga kaskadyorlar uchun pul bo‘lmagan, keyin esa bu ishga ko‘nikib qolgan. Xitoylik bu chaqqon aktyor s'yomka maydonchasida olgan jarohatlar sonini sanab adog‘iga yeta olmaysiz. «Politsiya voqeasi» s'yomkalarida u juda jiddiy jarohatlardan birini olgan: metall ustun orqali yerga sirg‘alib tusha turib, u tos suyagini chiqarib qo‘ygan, umurtqa pog‘onasi sinishiga bir baxya qolgan.

Mavzuga oid
Top