Jahon | 07:32 / 19.08.2017
13056
1 daqiqa o‘qiladi

Trampni ruhshunos tekshiruviga yuborish taklif etildi

Foto: AP

AQSh vakillar palatasi a'zosi Zo Lofgren AQSh prezidenti Donald Trampni uning davlat rahbari lavozimini egallashga qodirligini aniqlovchi tibbiy va psixiatrik tekshiruvga yuborishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kongressga ko‘rib chiqish uchun kiritdi. Bu haqda 18 avgustda Mercury News nashri ma'lum qildi.

Lofgrenning firkricha, Trampda aqli pastlikning boshlang‘ich bosqichi aniqlanishi mumkin. Shuningdek, loyihada AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensni ham tekshiruvdan o‘tkazish ko‘rsatilgan.  

Ayol deputatning aytishicha, prezident “xavotir uyg‘otuvchi nutqqa ega va g‘alati harakatlar qiladi”.

Lofgrenning taklifiga ko‘ra, tekshiruvdan keyin Tramp va uning jamoasi davlatni boshqara olishini o‘rnatish lozim.

AQSh konstitutsiyasiga 25-tuzatma vitse-prezident mamlakat rahbari sifatida faoliyat yuritadigan, mamlakat prezidentining vaqtinchalik layoqatsizligini o‘rnatish tartibini belgilaydi.

Mavzuga oid