Zahiriddin Muhammad Bobur özining “Boburnoma”sida Andijon nabototi haqida şunday degan: “Don-duni köp, mevasi farovon. Qovun va uzumi yaxşi böladi. Qovun pişiği paytida poliz boşida qovun sotmoq rasm emas. Andijonning noşvotisidan yaxşiroq noşvoti bölmaydi”.
Bilasizmi, vodiyda eng şirin qovun-tarvuz qayerda böladi? Bilmasangiz, bilib oling! Yoz ne'matlaridan biri bölgan bu poliz mahsulotlar eng köp yetiştiriladigan joy - Uluğnor tumanidir.

Yoz fasli Özbekiston bozorlari mirişkor boğbon va dehqonlar tomonidan yetiştirilgan turli meva va poliz mahsulotlari bilan töladi. Andijonning çöl tumani bölgan Uluğnorga borsangiz, katta yölning ikki tomonida şirasi tilni yoradigan qovun va tarvuzlar xirmonini körasiz. Vodiyning turli şahar viloyatlaridan kelgan mehmon va tadbirkorlar xirmon tepasida dehqonning özidan mahsulotlarini kötarasiga arzon narxda olib ketişadi.

Uluğnorning tabiati, yeri, havosi poliz ekinlariga juda mos. Paykallarda qovunning bosvoldi, obinovvot, börikalla, şakarpalak kabi, tarvuzning ön turdagi mahalliy navlari yetiştiriladi. Yöl çetidagi tarvuz xirmoni orasida şakli özgaça xuddi qovunga öxşaş uzunçoq, töni yöl-yöl tarvuzlar diqqatimizni tortadi. Dehqon akaga: “Bu qanaqa tarvuz böldi?”, deya savol beramiz. – “Qözivoy” degani şu böladi, - deydi anjonça döppini yaraqlatib kiyib, yelkasiga durra taşlab olgan dehqon. Şakli ğalati tarvuz haqida köp savol berganimizdan söng, u kişi bizni paykalga yetakladi.

Özini Mirzaakram Murtazoyev deya taniştirgan akamiz 26 yildan beri qovun-tarvuz yetiştirar ekan. Paykalda ana şunday şakli uzun bölgan “qözivoy”lar yumalab yotibdi. Biz antiqa tarvuzning qanday yetiştirilişi bilan qiziqdik. Ungaça dalaga Mirzaakram akaning ustozi Odiljon ota ham nabiralari bilan yetib keldi. Polizçilikda 40 yillik tajribaga ega Odiljon ota va uning şogirdi tilidan qovun va tarvuzning biz eşitmagan önlab navlari haqidagi gaplariga diqqat qildik.
“Qözivoy” tarvuz haqida ham köp savollar berib, yaxşigina tuşunçaga ega böldik. “Bu tarvuz Özbekistondan taşqari, arab mamlakatlari va Afğonistonda yetiştiriladi. U yerlardagi tarvuzning rangi puşti yoki qora. Özbekistonda esa, asosan, Uluğnorda köp ekiladi. “Qözivoy” 110 kunda yetilişi, sersuv, öta şirin va uruği juda kamligi bilan boşqa navlardan farq qiladi. Işonmasligingiz mumkin, lekin yaxşi parvariş qilsangiz bitta tarvuzni vazni 45 kilogramgaça borişi mumkin”,- deydi Mirzaakram aka.















