Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya bosh vaziri Barselonadagi terakt tufayli maxsus strategiya ishlab chiqilishini ma'lum qildi
Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbullning ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati odamlar gavjum bo‘ladigan joylarni terrorizmdan himoya qilish bo‘yicha maxsus choralarni ishlab chiqadi.
Strategiyaga ko‘ra, xavfsizlikni ta'minlash ishlariga nafaqat kuch tuzilmalari, balki mahalliy hokimiyatlar, tadbirkorlar ham jalb etiladi, deb xabar bermoqda TASS.
«Biz ma'lum mezonlarni aniqladik. Ularga ko‘ra, mahalliy hokimiyatlar, turli muassasalar ma'muriyatlari, korxona va savdo nuqtalari egalari o‘z obektlarining terrorchilik xurujlariga qarshi himoyalanganligini baholashi mumkin bo‘ladi», - deya ma'lum qildi bor vazir.
Xususan, Ternbullning so‘zlariga ko‘ra, maxsus beton to‘siqlarni o‘rnatish taklif etilmoqda. Ular piyoda zonalari va savdo markazlari hududida mashinada kishilarning ustiga bostirib borishning oldini oladi.
Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni Barselonada markazida mikroavtobus odamlar ustiga haydab borildi. Yuz bergan holat terakt sifatida baholandi. Keyinchalik Kambrilsa shahrida terrorchilar furgonda piyodalar zonasiga bostirib borishga urinishdi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026