Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda suv toshqinlari tufayli 400 dan ortiq inson hayot bilan vidolashdi
Hindiston sharqida joylashgan Bixar shtatida yuz bergan suv toshqinlari natijasida halok bo‘lganlar soni 202 kishiga yetdi, 12 mln.dan ortiq kishi toshqin hududida qolgan.
Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Milliy boshqarmaning yakshanba kuni bergan xabariga ko‘ra, Bixar, Assam, G‘arbiy Bengaliya va Uttar-Pradesh shtatlaridagi musson yomg‘irlari bir haftada 412 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.
Bixarda favqulodda hodisalarda harakatlanish bo‘yicha kuchlarning 28 ta bo‘linmasi ish olib bormoqda, 1765 ta dala oshxonalari tashkil etildi, u yerda suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarning 350 ming aholisiga xizmat ko‘rsatilmoqda. Havodan suv sabab to‘silib qolgan qishloqlarga oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlar tashlanmoqda.
Avvalroq Hindistonda yirik temir yo‘l falokati yuz bergandi.
Mavzuga oid
18:30 / 05.04.2026
Mahachqal’ada suv toshqini tufayli uch qavatli uy quladi
10:10 / 04.04.2026
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026