Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar Saudiya Arabistonidan haj ziyoratchilari uchun yuborilgan samolyotlarni o‘z hududiga qo‘ymadi
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud buyrug‘i bilan qatarlik haj ziyoratchilari uchun Qatar poytaxti Dohaga yuborilgan samolyotlarga Qatarda qo‘nish rad etildi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar berdi.
16 avgustda Saudiya Arabistoni qiroli qatarlik ziyoratchilar uchun chegaralarni ochishga hamda o‘z hisobidan ularni Dohadan Saudiya Arabistoniga yetkazishga buyruq bergandi. Qirol amrida shuningdek qatarliklar uchun quruqlikdagi Salva chegara terminali ochilishi ham ko‘zda tutilgandi.
Ta'kidlanishicha, 100 dan ko‘proq qatarliklar haj amalini ado etgani ushbu terminaldan Saudiya Arabistoniga o‘tishgan. Bojxona xizmati vakillari ziyoratchilarning manfaati uchun kun bo‘yi ishlash tartibiga o‘tishga tayyorliklarini aytishgan.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
19:38 / 22.06.2026