Tadbirkorlar juftligi: Xitoy, omadsiz aviakassa va vazirlikdagi ishdan ketish

MFaktor — muvaffaqiyat va mag‘lubiyat omillari. KUN.UZ’da yangi loyiha start oldi. Endilikda, tadbirkorlikni boshlayotgan yoshlarga ustoz maqomida bo‘lgan va biznes qilishda katta tajribasi bor tadbirkorlar bilan foydali hamda qiziqarli suhbatlar o‘tkaziladi. Ko‘rsatuvning ilk mehmonlari taniqli tadbirkorlar Hikmat Abdurahmanov va Aziza Umarovalardir.
Hikmat Abdurahmanovning so‘zlariga ko‘ra, Aziza Umarova bilan 15 yildan buyon turmush qurib, birgalikda ko‘p yutuqlar, ko‘p hayotiy darslardan o‘tgan.
“2002-2003 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining qoshidagi davlat kompaniyasida ishlardim. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini Azizaxon bilan birga bitirib chiqqanmiz. Davlat tashkilotida ishlaganimdan so‘ng, bu menga to‘g‘ri kelmaydi, degan qarorni qabul qildim. Keyin chet elda o‘qib keldik. Buyuk Britaniyada ta'lim olganimizda ko‘plab kompaniyalarga hujjatlarimni topshirdim. Qizig‘i shundaki, bironta kompaniyadan ijobiy javob kelmagan”, - deydi u.
Aziza Umarovaning aytishicha, oila Britaniyadan Xitoyga ko‘chib o‘tgan. Bu holat ularga ko‘p narsani tushunishga yordam bergan.
“Xitoyda ko‘zga tashlanuvchi eng birinchi narsa – mehnatsevarlikdir. Xitoyda kishilar xuddi chumolilardek ishlashardi. 2006 yilda Guanchjouga ko‘chib kelganmiz. O‘sha yerda 24 soat davomida do‘konlar, korxonalar, sanoat obektlari, kishilar ishlashini ko‘rib, katta imperiyalar aynan shunday qurilishini tushunasan. Biz uchun bu katta tajriba bo‘ldi”, - dedi Umarova.
Hikmat Abdurahmanov suhbat davomida aviakassa sohasida muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan loyiha haqida ham gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatsizlikning asosiy muammosi, aviakassalar har doim ham to‘g‘ri ishlamasligida.
“Bizning korporativ standartlarimiz shundayki, biz egri, qing‘ir-qiyshiq ishlardan o‘zimizni tiyamiz. Sababi, bir kichkina yo‘nalishda ozgina noto‘g‘ri ish qilsangiz, boshqa kompaniyalarga bu imij jihatidan ziyon keltiradi. Bu narsani ish davomida ko‘p ko‘rdik hamda korporativ qadriyatlar darajasiga mijozlarimiz bilan haqiqiy, sof ishlash, yolg‘on aralashtirmaslikni qonun darajasida qabul qildik”, - deydi u.
Ushbu taniqli tadbirkorlar bilan uyushtirilgan intervyuning to‘liq shaklini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Ko‘rsatuvni Tas-X tizimida ko‘rish >>>
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

10:52 / 30.05.2025
Ta’lim sohasidagi tadbirkorlar soni oshdi

16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX

23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi

16:06 / 30.04.2025