Toşkent şahrida ruxsatsiz örnatilgan taşqi reklama, banner va peşlavhalar olib taşlanmoqda. Bu haqda şahar hokimligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, qonuniylikni ta’minlaş va poytaxtning me’moriy yaxlitligini saqlaş maqsadida maxsus xizmatlar tegişli ruxsat hujjatlari bölmagan reklama konstruksiyalarini olib taşlamoqda.

Ta’kidlanişiça, ruxsatsiz örnatilgan reklama taxtalari, bannerlar va peşlavhalar obodonlaştiriş qoidalarini buzib, poytaxt köçalari va tumanlarining körinişini buzmoqda; Piyodalar yölaklari va yöl çetlarini tösib qöyib, ayniqsa kam harakatlanuvçi fuqarolarning yurişini qiyinlaştirmoqda; Yöl harakati xavfsizligiga xavf tuğdirib, yöl belgilarini körişga xalaqit bermoqda; Muhandislik tarmoqlariga, jumladan suğoriş kanallariga zarar yetkazib, yomğirli mavsumda hududlarning suv bosişiga sabab bölmoqda.

Şahar hokimligi biznes egalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va ijaraçilardan jarimalar va qöşimça xarajatlardan saqlaniş uçun noqonuniy obektlarni bartaraf etişga çaqiryapti.

Eslatilişiça, taşqi reklamani joylaştiriş uçun yagona qonuniy asos - Toşkent şahri vakolatli organlari tomonidan berilgan hujjatlardir.