Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi
Tadbirkor Islom Qobilov sudning hal qiluv qarori kuchga kirmay turib, bino-inshootlari Payariq tuman hokimi Isroil Jabborov tomonidan buzib tashlanishiga qarshi chiqqan va 10 sutkaga qamalgan edi. Shuningdek, Oliy sud ushbu tadbirkordan tashqari uning uch nafar oila a’zosi - otasi, ayoli va ukasiga tayinlangan jazolarni ham o‘zgartirdi.

Foto: Kun.uz
Samarqand viloyati Payariq tumanida tadbirkorning mulki sudning hal qiluv qarori kuchga kirmasdan ichidagi texnikalari bilan birga buzib tashlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tuman hokimi, prokurori va boshqa mas’ullar manzilga borishgan, avtogreyderni binoga tirab qo‘ygan, hokim haydovchiga “Bos! Tozala!” deya topshiriq bergan. Fuqaroga binodagi texnikalarini olib chiqish imkoniyat ham berilmagan, o‘z mulkini himoya qilishga qaratilgan harakatlari uchun huquqbuzarga chiqarilib, 10 sutkaga qamab qo‘yilgan.
Ushbu holatda oilaning yana uch a’zosi ham jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining 2025 yil 23 apreldagi qaroriga asosan MJtKning 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ayblanib, 750 ming so‘mdan 1 mln 875 ming so‘mgacha jarimaga tortilgan.
Apellyatsiya tartibida kiritilgan shikoyat Samarqand viloyat sudida ko‘rib chiqilib, 25 apreldagi qaror bilan qanoatlantirilmasdan qoldirilgan edi.
Mazkur ish 1 may kuni Oliy sudda taftish tartibida qayta ko‘rib chiqildi va quyi sudlarning qarorlari o‘zgartirildi.
Jumladan, Islom Qobilovning harakatlarida MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud emasligi sababli MJtKning 271-moddasi 1-bandiga asosan (ma’muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yo‘q bo‘lsa) ish yuritishdan tugatildi.
Unga MJtK 194-moddasining 1-qismi bilan tayinlangan 1 mln 875 ming so‘m jarima jazosi o‘zgartirilib, 750 ming so‘m jarima jazosiga, MJtK 61-2-moddasining 1-qismi bilan tayinlangan 1 mln 125 ming so‘m jarima jazosi 375 ming so‘m jarima jazosiga keltirildi. Islom Qobilovga MJtKning 34-moddasi tartibida 750 ming so‘m jarima jazosi tayinlanib, darhol qamoqdan ozod qilinishi belgilandi.
Bundan tashqari, Oliy sud qarori bilan Qobilovning otasi Toshpo‘lat Qobilovga tayinlangan 1 mln 875 ming so‘m, ayoli Go‘zal O‘rolovaga tayinlangan 750 ming va ukasi Bahrom Raimovga tayinlangan 1 mln 125 ming so‘m ma’muriy jarimalar kamaytirilib, har biriga 375 ming so‘mdan jarima qo‘llanilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
G‘azo bosib olinmoqda: Isroil kim bilan urushyapti o‘zi?
Jahon | 23:00 / 16.09.2025
Kuzning ilk salqin haftasi – ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Jamiyat | 22:17 / 15.09.2025
Telefonga qaram bo‘lgan bola miyasining rivojlanishi susayadi – mutaxassis
Sog‘lom hayot | 22:12 / 15.09.2025
Isroilning Qatarga hujumi: bu Turkiyaga signalmi?
Jahon | 20:55 / 15.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Albaniya parlamentida birinchi sun’iy intellekt - vazir nutq qildi
Fan-texnika | 23:51 / 18.09.2025
-
KXDR Rossiyadan atom suvosti kemalari texnologiyasini oldi – OAV
Jahon | 23:08 / 18.09.2025
-
Jazolangan chiptasiz yo‘lovchilar, ko‘chada “ismli davlat raqami” va kambag‘al oilalarga bepul dori – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:41 / 18.09.2025
-
Shavkat Mirziyoyev BMT 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda qatnashadi
O‘zbekiston | 22:17 / 18.09.2025
Mavzuga oid

16:30 / 05.09.2025
Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

14:28 / 05.08.2025
Samarqand viloyatining ikki tumanida hokim o‘zgardi

21:43 / 31.07.2025
Qamoq ehtiyot chorasini qo‘llashga doir iltimoslarning 95 foizi qanoatlantirildi – Oliy sud

11:59 / 28.06.2025