Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, respublikada 2025 yilning 1 may holatiga ta’lim sohasida 6 380 ta tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat körsatmoqda. 

Uşbu körsatkiç yil boşiga nisbatan 550 taga köpayib, ösiş sur’ati 109,4 foizni taşkil etdi. 

Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagiça taqsimlandi:

Toşkent şahri – 2 103 ta;
Farğona viloyati – 560 ta;
Toşkent viloyati – 529 ta;
Samarqand viloyati – 528 ta;
Xorazm viloyati – 414 ta;
Namangan viloyati – 359 ta;
Surxondaryo viloyati – 353 ta;
Andijon viloyati – 296 ta;
Qaşqadaryo viloyati – 258 ta;
Qoraqalpoğiston Respublikasi – 237 ta;
Buxoro viloyati – 231 ta;
Navoiy viloyati – 216 ta;
Jizzax viloyati – 173 ta;
Sirdaryo viloyati – 123 tani taşkil etdi.