Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir kunda 10 ta YTH yuz berdi, 12 inson jarohatlandi
2017 yilning 18 avgust kuni Toshkent shahri hududida 10 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 12 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
2017 yilning 18 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 1786 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 550 tasini qo‘pol turdagi, 25 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 18 avgust kuni jami 676 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 392 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 284 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.
Mavzuga oid
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
14:02 / 09.06.2026