Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaga AQSh armiyasi bosh qo‘mondoni keldi
Koreya yarimorolida vaziyatning keskinlashishi ortida 21 avgustda Janubiy Koreyada AQSh va Janubiy Koreya qurolli kuchlarining Ulchi Freedom Guardian deb nomlangan birgalikdagi mashg‘ulotlari boshlanadi.
Mashg‘ulotlarni kuzatish uchun Seulga AQSh qurolli kuchlarining Tinch okeani qo‘mondonligi boshlig‘i admiral Garri Garris yetib keldi. U o‘z tashrifining birinchi kuni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Son Yen Mu bilan uchrashdi va Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasining yangi boshlig‘iga vakolatlarning topshirilishi marosimida ishtirok etdi.
Pxenyanning fikricha, ushbu mashg‘ulotlar Shimoliy Koreyaga nisbatan dushmanona harakatlarni aks ettiradi va shundoq ham mushkul vaziyatni yanada keskinlashtiradi.
“Birgalikdagi mashg‘ulotlar adovatning yaqqol namoyishi hisoblanadi va hech kim bu mashg‘ulotlar haqiqiy jangga aylanib ketmasligiga kafolat bermaydi”, deb aytilgan Shimoliy Koreyaning “Nodon sinmun” nashrida.
Mavzuga oid
23:12 / 21.04.2026
Tramp: Eron bilan sulh uzaytirilmaydi, havo zarbalari qayta boshlanadi
10:45 / 21.04.2026
Tramp Eron bilan yangi kelishuvga umid qilmoqda
08:49 / 21.04.2026
Oq uyda yangi kadrlar inqirozi: yana bir vazir iste’foga chiqdi
23:37 / 20.04.2026