Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barselonalik terrorchini yo‘q qilishda sinchkov ayol yordam berdi
Barselonadagi terakt ijrochisi Yunus Abuyoqub Subiratsda yashovchi sinchkov ayol yordami evaziga aniqlanib, yo‘q qilindi, deb yozmoqda Pais nashri.
Politsiya versiyasiga ko‘ra, Abuyoqub 17 avgustda Barselona markazida piyodalarga urilgan furgonni boshqargan. U hujumni amalga oshirgach voqea joyidan piyoda g‘oyib bo‘lgan. So‘ngra bir avtomobil egasini o‘ldirib, uning mashinasini olib qochib, politsiya naryadini urib ketgan.
Terrorchi qidiruvga berilgandi, uning suratlari politsiya saytlarida joylashtirilgandi. 22 avgust kuni ayol terrorchini Kataloniyadagi Subirats shahrida uchratib qolgan. Abuyoqub ayolning savollariga javob bermay, yaqin oradagi uzumzorga qarab qochgan. Ayol esa politsiyani chaqirtirgan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xudkush kamari bilan tahdid qilgan terrorchini yo‘q qilgan. Xudkush kamari mulyaj bo‘lib chiqqan.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
10:14 / 21.05.2026
Farg‘onada ayol erini urgani uchun oilaviy zo‘ravonlikda ayblandi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026