Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask BMTdan jangovor robotlarni taqiqlashni talab qilmoqda
Foto: Popular Science
Tesla rahbari Ilon Mask va DeepMind kompaniyasi asoschisi Mustafo Sulaymon avtonom qurolni ishlab chiqarish va undan foydalanishni taqiqlash zarurligi to‘g‘risidagi xatni imzolashdi. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ga yo‘llangan maktub shuningdek dunyoning 26 mamlakatidagi 114 nafar mutaxassis tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi.
Maktub mualliflari jangovor robotlarning yaratilishi "uchinchi qurol inqilobi"ni keltirib chiqarishidan ogohlantirishdi va uni yadroviy qurol ixtirosiga qiyoslashdi.
"Shunday qilinsa, misli ko‘rilmagan ko‘lamdagi harbiy amaliyotlar boshlanadi, bu inson anglab yetishga ulgurmaydigan darajada tezkorlik bilan rivojlanishi mumkin. Yangi turdagi qurol terrorchi yoki diktatorlar, shuningdek taqiqlangan maqsadlarda qo‘llashi mumkin bo‘lgan xakerlar qo‘liga tushishi mumkin", - deyiladi BMTga yo‘llangan maktubda.
The Guardian nashrida ta'kidlanishicha, 21 avgust kuni Melburnda Sun'iy intellektni qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya (IJCAI) bo‘lib o‘tadi. U yerda BMT vakillari ham qatnashishadi. Maktub mualliflari tashkilotdan avtonom qurolni kimyoviy qurollar qatorida taqiqlashni so‘rashdi.
Ta'kidlash joizki, Ilon Mask bunga qadar ham jangovor robotlarga qarshi chiqqan. 2015 yilda u Stiven Hoaking bilan birga BMTga avtonom qurolni taqiqlash talab qilingan maktubni yo‘llagan. 2017 yilning 25 iyulida esa sun'iy intellektning salohiyatli xavfi borasida Mark Tsukerberg bilan bahslashdi.
Mavzuga oid
23:49 / 06.12.2025
Mask YeIni tugatishga chaqirdi
13:01 / 06.12.2025
YeI Maskning X ijtimoiy tarmog‘iga 120 mln yevro jarima soldi
07:16 / 29.11.2025
Xitoy Vetnam chegarasida Walker S2 odamsimon robotlarini joylashtirmoqda
22:45 / 23.11.2025