Namangan viloyatida tadbirkorlar oldida turgan muammolar bartaraf qilinmoqda
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularni huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga ustuvor masala sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, ularni oldida turgan to‘siq va g‘ovlarini bartaraf etish, muammolarning yechimini topishda mahalliy hokimliklar tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi ta'minlanmoqda. Buni birgina, Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozarovning haftaning har shanba kuni tadbirkorlik sub'yektlari bilan o‘tkazayotgan uchrashuvlari misolida ko‘rish mumkin, deyiladi viloyat hokimligi saytida.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining viloyat hududiy boshqarmasida tashkil etilgan uchrashuvga kichik biznes va xususiy tadbirkorlar guruhi taklif etildi. Uchrashuv avvalida viloyat hokimi so‘nggi vaqtlarda yurtimizda sohaga qaratilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rliklar, qabul qilingan qator huquqiy-me'yoriy hujjatlar, undagi imtiyozlarga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, hokim tadbirlarkorning biror bir masalasi ijrosiz qolib ketmasligini ta'kidladi. Har bir tadbirkorlik sub'yekti rahbari bilan dolzarb masalalar bo‘yicha suhbatlashdi.
"Bizning “GOOD TEA TRADE SERVIS” ma'suliyati cheklangan jamiyatimiz 2011 yilda tashkil etilgan bo‘lib, choy mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlashga ixtisoslashgan, - deydi tadbirkor Sobitxon No‘'monov. - Oldimizda turgan eng katta muammolardir biri ishlab chiqarish korxonasida ishlab chiqarish uchun yer maydonining yo‘qligida edi. Aynan bugungi viloyat hokimi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muammoga o‘z o‘rnida yechim topildi. Biz bundan xursandmiz".
Umuman olganda, viloyat hokimi tomonidan shu kunning o‘zida 10 nafar tadbirkor o‘z masalalari bo‘yicha fikrlashib, muammolariga aniq javob oldi. Viloyatda yangi loyihani taqdim etgan tadbirkor Nosirov Komiljon shulardan biridir.
"Bugungi kunda xonadonimizda noyob, parhezbop go‘sht hamda tuxum yetishtirish maqsadida tuyaqush parvarish etib kelmoqdamiz, - deydi tadbirkor. - Albatta, bu qushlarni erkin parvarishi uchun yer maydoni talab etiladi. Ochiq, samimiy muloqot jarayonida viloyat hokimiga 5 gektar yer ajratilishi bo‘yicha murojaat etgan edim, shu yerning o‘zida tegishli mutasaddilarga ko‘rsatma berildi".
Xulosa o‘rnida ta'kidlash kerakki, Namangan viloyat hokimi tomonidan o‘tkazilayotgan bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlik sub'yektlari oldida turgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etilishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
-
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:11
-
Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in: qurbonlar soni 76 kishiga yetdi, 9 kishi qo‘lga olingan
Jahon | 11:04
-
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O‘zbekiston | 10:52
Mavzuga oid
22:11 / 21.01.2025
Qalin tuman Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi
15:28 / 16.01.2025
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi
19:50 / 15.01.2025
Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi Jidda - Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarini boshladi
22:40 / 13.01.2025