Jahon | 13:59 / 21.08.2017
5360
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada sayyohlar bilan to‘la bo‘lgan avtobus falokatga uchradi 

Turkiyaning Antaliya va Kemer shaharlari o‘rtasidagi avtomobil yo‘lida ichida 26 yo‘lovchi bo‘lgan sayyohlik avtobusi to‘ntarilib ketdi, kamida olti inson jarohatlandi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Mahalliy va xorijiy sayyohlar bo‘lgan avtobus Belek shahriga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Transport vositasi tunneldan chiqish chog‘ida falokatga uchragan.

"Kuchli yomg‘ir sabab avtobus bir tomonga qarab ketib qoldi, men nazoratni yo‘qotdim", - deya haydovchining so‘zlarini keltiradi agentlik.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, olti kishi jabrlandi, ularning ikki nafari yosh bola. Jarohatlanganlar mahalliy shifoxonalarga olib ketildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid