Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Audi RS3, AMG A45, Civic Type R, Golf R va Focus RS poygalashdi
Britaniyaning Carwow nashri 5 ta kuchaytirilgan xetchbekning dreg-reysingini uyushtirdi. Audi RS3, Mercedes-AMG A45, Honda Civic Type R, Volkswagen Golf R va Ford Focus RS 402 metr masofada kuch sinashdi. Poyga lavhasi nashrning YouTube-kanaliga joylashtirilgan.
Marraga birinchi bo‘lib xot-xetch RS3 yetib keldi. U bu masofani 12,2 soniyada bosib o‘tgan. «Mersedes» undan 0,7 soniya ortda qoldi. Uchinchi o‘rinni Amerika vakili Focus RS 13,5 soniya bilan egalladi. Civic va Golf 14 soniyalik natija bilan so‘nggi o‘rinni baham ko‘rdi.
Dreg poygasining ikkinchi qismida avtomobillar ikkinchi uzatmada soatiga 48 km masofada harakatlanib kuch sinashdi. Bu safar ham RS3 birinchi, Mercedes-AMG A45 ikkinchi bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, Audi RS3 400 ot kuchiga ega, 2.5 l motor bilan jihozlanadi. Bu xot-xetchga 4,1 soniyada «yuz»ga chiqish imkonini beradi. «Mersedes» 381 ot kuchli motor bilan 4,2 soniyada tezligini soatiga 100 km ga yetkazadi. Golf, Civic va Focus kapotlari ostida 310, 315 va 350 ot kuchiga ega motorlar o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
10:49 / 04.03.2026
Toshkentda YHXX yig‘ilishi: “shashka”, drift va poyga videolariga qarshi choralar kuchaytiriladi
22:22 / 26.02.2026
Adliya vazirligi noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etish bo‘yicha taklif kiritdi
23:45 / 05.08.2025
Amerikalik avtopoygachi jahon rekordini o‘rnatishga urinib, halok bo‘ldi
17:07 / 25.11.2024