Hindistonda daydi itlarning ko‘karib ketishiga sabab bo‘lgan zavod yopildi
Hindistonning Mumbay shahri ma'muriyati ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyani yopib qo‘ydi. Bu yer sanoat chiqindilari va rang beruvchi moddalarni mahalliy daryoga tashlashda ayblanmoqda. Ushbu holat oqibatida 11 ta mahalliy it ko‘karib ketgan, deb yozmoqda The Guardian.
G‘alati rangdagi itlar guruhi birinchi marotaba 11 avgust kuni payqalgandi. Jonivorlar himoyachilari Kasadi daryosiga tashlanayotgan chiqindilardan tashvishda, sababi ushbu daryoda ko‘plab hayvonlar suzib yuradi.
Navi Mumbai Animal Protection Cell hayvonlarni himoya qilish bo‘limi rahbari Arati Chauxanning ma'lum qilishicha, taxminan beshta shunday it payqalgan.
Chauxan ko‘karib ketgan itlarning suratini feysbukda birinchilardan bo‘lib e'lon qilgan.
Mavzuga oid
14:32
AQShda juftlik to‘yi uchun to‘plagan pullarni uysiz itning operatsiyasiga sarfladi
17:36 / 14.11.2024
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10 / 13.11.2024