O‘zbekiston | 10:50 / 22.08.2017
5239
2 daqiqa o‘qiladi

Komilov Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: mfa.uz

2017 yilning 21 avgust kuni Dehli shahrida bo‘lib turgan hukumat delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar davlat vaziri Mubashir Javed Akbar bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston-Hindiston muloqotining hozirgi holati va istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari Kengashining iyun oyida bo‘lib o‘tgan majlisi doirasidagi oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv davlatlararo munosabatlarga ijobiy dinamika, yangicha o‘sish sur'atlari va ohang berganligi e'tirof etildi.

Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston va Hindiston savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Shu nuqtai nazardan 22 avgust kuni ikki davlat yetakchi kompaniya va firmalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan biznes-forum iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun real imkoniyatni yaratib beradi.

Uchrashuvda BMT, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Avvalroq O‘zbekiston TIV rahbari Hindistonning tahliliy markazlari vakillari bilan uchrashgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid