Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Qirg‘izistonga yordam ko‘rsatishni boshladi - 41 million dollar
Qozog‘iston Qirg‘izistonga 41 million dollar hajmidagi birinchi transhni yo‘naltirdi. Bu haqida QR bosh vazirining matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Yevroosiyo integratsiyasi sharoitida iqtisodiy hamkorlik rivoji uchun ajratilgan moliyaviy yordam Qirg‘iziston bojxona, veterinariya, fitosanitariya va karantin xizmatlarining modernizatsiyasiga yo‘naltiriladi.
Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi kelishuv doirasida Qozog‘iston Qirg‘izistonga 100 million dollar ajratadi. Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) kelishuviga qo‘shilishiga doir yo‘l xaritalari loyihalarini amalga oshirish uchun texnik yordam yo‘naltirilgan.
"Ko‘rsatilayotgan yordam Qirg‘iziston Respublikasiga mamlakat iqtisodiyotini nisbatan qisqa muddatlarda YeOII talablariga moslashtirish imkonini beradi", - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:14 / 29.06.2026
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotganlarga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026