OAV: AQSh Xitoy firmalarining aktivlarini muzlatib qo‘ymoqda
AQSh bosh prokuraturasi Xitoyning KXDR bilan savdo aloqalariga ega kompaniyalariga qarshi qator choralar ishlab chiqdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.
Gazetaning manbalarga asosan xabar berishicha, gap Xitoyning besh kompaniyasi, jumladan Dandong Zhicheng haqida bormoqda. Amerika hukumati ularni Shimoliy Koreyadan ko‘mirni dollarga sotib olishda ayblamoqda.
AQSh bosh prokuraturasi may oyida ushbu kompaniyalarning aktivlarini vaqtinchalik xatlovga olish haqidagi sud orderini olgan.
Shuningdek ta'kidlanishicha, Xitoy kompaniyalari tranzaksiyalar o‘tkazgan Amerikaning qator banklari bu amaliyotlar haqida prokuraturaga hisobot taqdim etdi. Gazetaning qo‘shimcha qilishicha, bu AQSh federal hukumatiga Xitoy kompaniyalari aktivlari doimiy asosda muzlatib qo‘yish va shu tariqa Xitoyga bosimni kuchaytirish imkonini beradi.
Avvalroq ekspertlar Xitoy sanksiyalari KXDRga zarba bo‘lib tushishi, biroq uning yadro dasturini to‘xtata olmasligi haqida ma'lum qilishgandi.
Mavzuga oid
15:52
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32
AQShda juftlik to‘yi uchun to‘plagan pullarni uysiz itning operatsiyasiga sarfladi
11:54