Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostona jarayoni doirasidagi Suriya bo‘yicha yangi uchrashuv Ostonada o‘tkazilmaydi
Qozog‘iston TIV rahbari Qayrat Abdrahmanovning ma'lum qilishicha, Suriya bo‘yicha yangi uchrashuv sentabr o‘rtalarida bo‘lib o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Sulh rejimiga kafil davlatlar, aynan Rossiya, Eron va Turkiya avgust oxiriga qadar ekspertlar darajasida texnik uchrashuvni o‘tkazish niyatida», - deya ta'kidlab o‘tdi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu uchrashuvda kun tartibi va Suriyadagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha Ostona jarayoni doirasidagi navbatdagi uchrashuvning aniq muddatlari aniqlanadi.
«Hozircha sentabr o‘rtalari haqida gap bormoqda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Abdrahmanov.
Uning so‘zlariga qaraganda, texnik uchrashuv Ostonada o‘tkazilmaydi, uning joyi kafil davlatlar tomonidan aniqlanadi.
Ostonada Suriyadagi inqirozni hal qilish bo‘yicha hozircha so‘nggi, beshinchi xalqaro uchrashuv 4-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘lajak keskinlikdan xoli hududlar parametrlari muhokama etildi.
Mavzuga oid
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026