Sport | 20:21 / 23.08.2017
24589
1 daqiqa o‘qiladi

Habib Nurmagomedov Meyvezer va Makgregor o‘rtasidagi jangga sharhlovchilik qiladi

Rossiyalik aralash uslub jangchisi Habib Nurmagomedov amerikalik bokschi Floyd Meyvezer va irlandiyalik UFC chempioni Konor Makgregor o‘rtasidagi jangga sharhlovchilik qiladi. 

“Jangga Habib Nurmagomedov va Roman Mazurov sharhlovchilik qiladilar” deb aytgan TeleSport Digital rahbari Ilya Rustamov.

Rustamovning aytishicha, jang namoyishi bir necha internet-resurslarda, jumladan “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida amalga oshiriladi. 

Anchadan beri kutilayotgan bu jang 26 avgustda Las-Vegasdagi MGM Grand arenasida bo‘lib o‘tadi.

Rossiyaning Birinchi kanali ushbu jangni jonli efirda olib beradi. 

2017 yil fevrali holatiga ko‘ra, 29 yoshli Habib UFC’ning vazn toifasidan qat'iy nazar barcha eng yaxshi jangchilari o‘rtasida 13-o‘rinni, Makgregor ishtirok etadigan yengil vazn toifasida esa irlandiyalikdan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Millati – avar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid