Bekobodda sayyor qabul: o‘n mingga yaqin murojaat joyida ko‘rib chiqildi
Joriy yilning 19-21 avgust kunlari Toshkent viloyati Bekobod shahri va tumani aholisi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati vakillari tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Uch kun davom etgan sayyor qabullar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga va hududlardagi Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 10 000 ga yaqin murojaat 30dan ziyod vazirlik va idoralardan 150 dan ortiq mansabdor shaxslar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Murojaatlar asosan aholi bandligini ta'minlash, turar-joy, kommunal xizmat, sog‘liqni saqlash, ta'lim tizimiga aloqador masalalar, pensiya va nafaqa ta'minoti, tadbirkorlik rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarga oid bo‘lib, ularning aksariyati joyida hal etildi.
Xususan, muammoli masalalar yechimi va aholining ijtimoiy himoyasi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi. Prezident topshirig‘iga asosan 80 ta nogironlik aravachasi va 50 ta eshitish moslamasi topshirildi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 426 nafar bemorning 250 nafariga Respublika tibbiyot markazlarida statsionar davolanish uchun yo‘llanma va orderlar ajratildi, boquvchisini yo‘qotgan, nogiron, kam ta'minlangan oilalarning 200 nafar farzandiga maktab anjomlari, kiyim-bosh va poyafzallar topshirildi, ro‘yxatga olingan barcha kam ta'minlangan va nogiron fuqarolar yashovchi 1.022 ta xonadonga zarur dori-darmon, zarur maishiy texnika vositalari hamda uy anjomlari yetkazildi va boshqalar.
Shu bilan birga shahar va tumanda “Toza hudud” loyihasi doirasida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 100 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, “O‘zmetkombinat” va “Bekobodsement” korxonalari qoshida 400 ta ish o‘rniga ega 2 ta tikuv sexi ochilishi, paxta mavsumida 1.000 nafar fuqaro ishga jalb etilishi rejalashtirildi, hududda aholi bandligini ta'minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
12:43 / 06.09.2024
Bekobodda ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimi uchun 340 mln so‘m undirib berildi
18:36 / 13.08.2024
Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
18:01 / 26.06.2024
Bekobodda IIB binosidagi o‘lim holati bo‘yicha bir xodim qamoqqa olindi
19:14 / 21.06.2024