Jahon | 21:05 / 23.08.2017
3906
1 daqiqa o‘qiladi

Eron va Saudiya Arabistoni o‘zaro diplomatik tashriflar amalga oshirishadi

Eron va Saudiya Arabistoni o‘zaro diplomatik tashriflar amalga oshirishadi, deb ma'lum qildi Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarifga iqtibos keltirgan holda ISNA axborot agentligi. 

“Ikki tomon uchun viza so‘ralgan. Biz yakuniy choralar qabul qilinishini kutmoqdamiz”, deb aaytgan Zarif.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu tashriflar haj yakunlangandan keyin bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 

Avvalroq Zarif Yamandagi ixtilof Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasida ziddiyatga olib kelmasligiga umid bildirgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid