Jamiyat | 09:20 / 23.08.2017
14669
2 daqiqa o‘qiladi

G‘azablangan rossiyalik 46 ming rubllik qarzini kopeykalarda to‘ladi

Foto: RIA "Novosti"

Kirov viloyatida yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi fuqaro sud ijrochilari tuman bo‘limiga sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha 46,7 ming rubl qarzini to‘lash uchun bir tiyinlik tangalardan foydalandi. Bu haqda RFning Kirov viloyati bo‘yicha Sud ijrochilari federal xizmati boshqarmasi ma'lum qilmoqda. 

"Yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanuvchi qarzdorga nisbatan 42 ming rublni Pensiya jamg‘armasi foydasiga sug‘urta badallarini undirish bo‘yicha ijro amaliyoti Kirov shahri Oktyabr tumani sud ijrochilari ixtiyorida. <…> Qarzdor qarzni to‘lash bo‘yicha qabulga taklif qilindi. U nazorat-o‘tkazuv punktidan bir necha marta o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Gap shundaki, tadbirkor qarzini to‘lash uchun bir nechta og‘ir bank qoplarini hamda "chupa-chups" qutisini keltirgan. Ularning barchasi 1 tiyinlik tangalar bilan to‘la edi", — deyiladi xabarda.

Jami 6 yoki 7 ta qop bo‘lgan, ijro to‘lovi bilan qo‘shib hisoblanganda jami 46,7 ming rubl to‘lash talab etilgan.
 
"Ma'lum bo‘lishicha, "davlatdan g‘azablangan" tadbirkor o‘zining sud ijrochilariga nisbatan salbiy munosabatini shu yo‘l bilan namoyish etishga qaror qilgan. <…> Qarzdor o‘zaro suhbatda pullarni ataylab mayda tangalarga almashtirib olganini tasdiqladi. Shu bilan u sud ijrochilari qiyofasida davlatga achchiq qilgan", — deya oydinlik kiritilgan xabarda.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid