Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda jinoyatchilikka qarshi yoshlar aksiyasi bo‘lib o‘tdi
Xorazmda «Biz yoshlar Xorazm viloyatini jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantiramiz» mavzuidagi yoshlar aksiyasi o‘tkazildi. Ushbu tadbir Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi va Xorazm viloyati IIB hamkorligida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar bermoqda.
Mazkur aksiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Otabek Murodov va Xorazm viloyati hokimi Po‘lat Bobojonov ma'ruzasi tinglandi. «Qonunga itoat - vatanga sadoqat» shiori ostida ham aksiya o‘tkazamiz!”, dedi Prezident Davlat maslahatchisi Otabek Bahriddinovich o‘z ma'ruzasida.
Yoshlar aksiyasida, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi murojaatini «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Ruxsora Masharipova o‘qib eshittirdi:
«...barchamiz ulug‘ maqsadlar yo‘lida bir jonu bor tan bo‘laylik, uyimizni begonalarga bermaylik, illatlar, huquqbuzarliklarga qarshi turaylik! Axir bu Vatan, shu mo‘'jazgina uyimiz bizniki - o‘zimiznikidir!»
Aktsiyada Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shishni o‘zlariga oliy maqsad qilgan vatandoshlarimiz qatorida xorazmlik yoshlar ham «Harakatlar strategiyasi» ko‘krak nishoniga munosib ko‘rildi.
Mavzuga oid
16:15 / 23.12.2025
Xorazmda tadbirkor undan ish so‘rab kelgan talaba qizga shilqimlik qildi
15:34 / 11.12.2025
Xorazmda “O‘zbekiston–Pokiston sanoat zonasi” tashkil etiladi
21:23 / 10.12.2025
Hyundai Rotem tezkor poyezdlarining ilk partiyasi O‘zbekistonga jo‘natildi
13:33 / 27.11.2025