Sport | 18:29 / 23.08.2017
3294
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada velosport bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi

Bugun, 23 avgust kuni Italiyaning Montikyari shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlandi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar a'zosi ham ishtirok etadi, deb ma'lum qilmoqda KUN.UZ manbasi. Apennin yarim orolida tashkil etilayotgan jahon chempionatida Danil Yevdokimov, Aleksey Fomovskiy hamda Olga Jantuganovalar O‘zbekiston sharafini himoya qilishadi.  

O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 20 avgust sanasida Italiyaga jo‘nab ketishgandi va musobaqaga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini Montikyari shahrida olib borishdi. Jahon chempionati 27 avgustga qadar davom etadi. Biz esa unda ishtirok etadigan o‘zbekistonlik yosh velosportchilarga omad va zafarlar tilab qolamiz.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid