Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar “Barselona”ga qarshi da'vo arizasi bermoqchi
Foto: Twitter/@psg
“PSJ” klubi hujumchisi Neymar u shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligini vaj qilib, “Barselona”ning unga qarshi sudga shikoyat qilish qaroridan taajjublangan. Bu haqda uning advokatlari ma'lum qilishdi.
“Ma'lum qilamiz, Neymar va uning advokatlari “Barselona”ning mahalliy sudlar orqali pul undirmoqchiligidan xabardorlar. Rasmiy bildirish olinib, barcha detallar o‘rganib chiqilgandan keyin himoyachilar belgilangan tartibda barcha zarur qadamlarni amalga oshiradilar.
2016 yilda shartnoma bajarilishi bilan bog‘liq bonuslarga kelsak, o‘yinchi tomondan sudga hujjatlar tayyorlash va topshirish jarayonini boshlash tashabbusi bildirilganligini aytishni joiz deb hisoblaymiz”, deb aytganlar Neymar advokatlari.
Bundan kelib chiqiladigan bo‘lsa, Neymar unga 2016 yilgi shartnomani bajarishi bo‘yicha sobiq klubi tomonidan to‘lanmagan bonuslarni undirmoqchi.
Avvalroq “Barselona” Neymarni shartnoma majburiyatlarini bajarmaslikda ayblagani va undan 8,5 mln yevro talab qilayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:09 / 07.12.2025
«Arsenal»da alamli mag‘lubiyat, «Barsa» o‘yinida gollar shousi. Kun o‘yinlari
12:19 / 03.12.2025
«Siti» 4 ta gol o‘tkazdi, «Barsa»da kambek
11:54 / 30.11.2025
Fayzullayev gol urishni boshladi, Shomurodov davom ettirdi, «Barsa» «Real»ni quvib o‘tdi
13:13 / 26.11.2025