Jahon | 15:26 / 23.08.2017
5618
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu: Eronning Suriyadagi harakatlari butun dunyoga tahdid tug‘dirmoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Sochi shahridagi uchrashuvda ma'lum qilishicha, Eronning Suriyadagi xatti-harakatlari butun dunyoga tahdid tug‘dirmoqda.

«Eron Suriyadagi pozitsiyasini yanada mustahkamlashga juda harakat qilmoqda. Bu Isroil, Yaqin Sharq hamda, mening fikrimcha, butun dunyoga tahdid tug‘diradi», - deya Isroil bosh vazirining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Joriy yilning may oyida Binyamin Netanyaxu Isroil va AQSh birgalikda Eronni to‘xtata olishi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid